10/09/2021
Boʻyoqlarning turlari koʻp. Ularning xususiyatiga qarab kerakli yuzaga tanladi. Masalan:
🔹Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi. Biroq bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin.
🔹Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi. Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi.
🔹Akril-silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va ishqalanishga chidamlidir.
🔹Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati – gidrofob xususiyatga ega ekanligi, ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan himoya qiladi.
🔹Silikatli bo’yoqlar ob-havo sharoitiga bardoshli, ularga zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni keyingi bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir.
🔹Polikremniyli bo’yoq – silikatli bo’yoqning mukammallashgan turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka chidamligi bilan ajralib turadi.
🔹Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U yaxshi sifatga ega, biroq asosan pastel, ya’ni och aralash tusdagi ranglari taqdim qilingan.
Pilot sizga yordam berishdan doim mamnun. Tovarlar narxlari bo'yicha:
☎️ 99 822 77 77