02/03/2026
Shayx muhammad Xassonning “ohirat diyori” kitobi dunyo hayotining ohirgi bosqichi bo’lmish o’lim haqidagi so’zlar bilan boshlanib, qabrdagi hayot, qabr azobi va undan qutulish yo’llari, qayta tirilish va ohiratdagi holatlar haqidagi ma’lumotlar bilan davom etadi. Juma xutbalari asosida tayyorlangan bu asarda muallif va’z-nasihat uslubini ilmiy uslub bilan uyg’unlashtirib yuborgan. Kitobda qiyomatning bo’lib o’tgan va bo’lajak kichik va katta alomatlari, ularning sodir bo’lish tartibi, mahsharda turish, xisob-kitob, jannat va do’zah manzaralari, quron oyatlari, sahih hadislar, sahoba va tobeinlar so’zlari orqali sodda va ravon uslubda bayon qilinadi. Musulmon ommasiga mo’ljallangan bu kitobda umr qisqaligi, dunyo hayoti o’tkinchiligi, ohirat uchun tayyorgarlik ko’rish zarurati uqtiriladi, muallif musulmonlarni ogohlikga, dunyoga berilmaslikga va abadiy ohirat hayotini unutmaslikga chaqiradi. Kitob har bir insonni chinakam tavba qilishga, Allahga itoat etishga va solih amallarga undaydi.
📚Kitoblarni quyidagi manzillardan xarid qilishingiz mumkin:
1. ÖZKAD
📌Adres: Kayabaşı mahallesi, Kayaşehir bulvarı, Seyranşehir cadde dükkanları, D2 blok, No30, Başakşehir Istanbul
2. Guraba Yayınevi Başakşehir
📌Adres: Başakşehir Mah, Sabahattin Zaim Cad, Life Park sitesi No: 8G , Başakşehir Istanbul
+90 (212) 526 06 05
🛒 Kitoblarni onlayn xarid qilish uchun Telegram dasturi orqali yoki Instagram orqali ga buyurtma berishingiz mumkin.