HILOL NASHR KOREA

HILOL NASHR KOREA Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from HILOL NASHR KOREA, Book shop, ITAEWON, Seoul.

Bugundan sotuvda📚 "Baxtiyor Oila" - 12,000 won📚 " Ijtimoiy Odoblar" - 10,000 won 📚 " Ochiq Xat" - 5,000 won📚 " Sunniy Aq...
14/03/2019

Bugundan sotuvda

📚 "Baxtiyor Oila" - 12,000 won
📚 " Ijtimoiy Odoblar" - 10,000 won
📚 " Ochiq Xat" - 5,000 won
📚 " Sunniy Aqiydalar" - 12,000 won

☎ 010-2800-2919

Bugundan sotuvda ☎ 010-2800-2919
12/03/2019

Bugundan sotuvda

☎ 010-2800-2919

[Cheklangan miqdorda]                                                                                                💰 2...
16/02/2019

[Cheklangan miqdorda]

💰 22,000 won
☎ 010-2800-2919
HILOL NASHR KOREA

Bugundan sotuvda  💰 22,000 won☎ 010-2800-2919
15/02/2019

Bugundan sotuvda
💰 22,000 won
☎ 010-2800-2919

Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub 40 ga yaqin kitoblari yurtdoshlarimiz buyurtmasi asosid...
22/05/2017

Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub 40 ga yaqin kitoblari yurtdoshlarimiz buyurtmasi asosida Avstraliyaga jo'natildi. Umid qilamiz kitoblar tez k***a kitobxonlarimizning javonlarida o'z o'rnini egallaydi.
---
ESLATMA: Boshqa davlatlarda istiqomat qilayotgan hamda ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va boshqa ulamolarimiz qalamlariga mansub kitoblarni xarid qilish istagida bo'lgan azizlarimiz Hilol Nashr Korea kitob do'koniga buyurtma berishlari mumkin.
Buyurtma uchun: +821030461919 (Telegram, Viber, Whatsap, Imo)
email: [email protected]

📚  “Oltin Silsila” 1~5 juzlar💰  105,000 WON👍 To’liq holatda🚚 Korea va boshqa davlatlarga ham yetkizaladi
10/05/2017

📚 “Oltin Silsila” 1~5 juzlar
💰 105,000 WON
👍 To’liq holatda
🚚 Korea va boshqa davlatlarga ham yetkizaladi

🌙 Mohi Ramazon yaqin. Unga ilm ila tayyorgarlik ko'rishning ayni vaqti..📚 "Mo'minning qalqoni" Mufassal ro'za kitobi📚 "M...
28/04/2017

🌙 Mohi Ramazon yaqin. Unga ilm ila tayyorgarlik ko'rishning ayni vaqti..
📚 "Mo'minning qalqoni" Mufassal ro'za kitobi
📚 "Mo'minning najoti" Mufassal zakot kitobi
📚 "Hadis va Hayot" 9-juz Ro'za kitobi
📚 "Hadis va Hayot" 8-juz Zakot kitobi
Ayni kitoblar sotuvimizda mavjud.
Buyurtma uchun: 010-3046-1919

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI BIRINCHI BOSQICH va O’N UCHI...
07/04/2017

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI BIRINCHI BOSQICH va O’N UCHINCHI KITOB

«Ixtiloflar: sabablar, yechimlar»
⃝ Diyorimiz musilmonlari qariyb yetmish yil mustabid tuzumning diynga qarshi siyosati ostida yashadilar. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotning barcha jabhalariga erkinlik ne’mati ato qilindi. Xalqimiz o’zlikni anglash, asl qadriyatlarni tiklash yo’liga qadam bosdi. Biroq, muqaddas diynimizni o’rganish va uning ta’limotlariga amal qilish oson ko’chmadi. Ilmsizlik, dinsizlikning asorotlari yuzaga chiqib, musilmonlar o’rtasida turli ixtiloflar vujudga kela boshladi. Bir yurtda yashab, bir mazhabga amal qilib kelgan musilmonlar orasida turli nizolar chiqa boshlagach, bu ixtiloflarning sabablari va ularning yechimlarini topishga kuchli ehtiyij sezildi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining 2003 yilda chop etilgan «Ixtiloflar haqida» kitobi ana shu dolzarb muammoga bag’ishlangan asar bo’ldi.
O’tgan davr mazkur kitobning nechog’li dolzarb va muhim ekanligini amalda ko’rsatdi. Biroq, nizo, tortishuv va ixtiloflarga hanuz uzil –kesil barham berilgani yo’q. Shu munosabagt bilan mazkur kitob yangi ma’lumotlar bilan boyitildi, so’ngi yillarda paydo bo’lgan yangi ixtiloflarga oid g’oyatda muhim tahlillar, hujjat-dalillar bilan to’ldirildi. [ Hilol Nashr we sahifasidan]
⌂ Xurmatli kitobxon, «Ixtiloflar: sabablar, yechimlar» do’konimizda mavjud. Buyurtma berishga shoshiling.

Murojaat uchun tel: 010-3046-1919

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI BIRINCHI BOSQICH va O’N IKKI...
06/04/2017

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI BIRINCHI BOSQICH va O’N IKKINCHI KITOB
«Sunniy aqiydalar»
⃝ Ma’lumki, bugungi k***a Ahli sunna va jamoa aqiydaviy mazhabining asl haqiyqatlarini anglab yetishga ehtiyoj kuchaygan. Zero, aqiyda masalasi musilmon insonning yashash tarsi, hayot nizomi bo’lib, diynimizning mohiyatini , e’tiqodimizning asosini belgilab beruvchi poydevordir. Mazkur kitob ana shu muhim va ulkan mavzuni keng ommaga oson va lo’nda tarzda yetkazish maqsadida yozilgan. Ayni paytda, asarda aqiyda bobida yozilgan eski va yangi kitoblarning uslubidan ma’lumotlaridan foydalanilgan. [Hilol Nashr web sahifasidan]
⌂ Xurmatli kitobxon, “Sunniy aqiydalar” kitobi do’konimizda mavjud. Buyurtma berishga shoshiling.

Murojaat uchun tel: 010-3046-1919

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI BIRINCHI BOSQICH va O’N BIRI...
04/04/2017

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI BIRINCHI BOSQICH va O’N BIRINCHI KITOB
«ISROF»

Kitobda quyidagi masalalarga oid ma’lumotlar o‘rin olgan:

Sunnat – isrof haqida
Isrofning sabablari
Isrofning zararlaridan ba’zilari
Isrofning ba’zi turlari tafsiloti
Infoq-xarajatdagi isrof
Suvning isrofi haqida
Taomdagi isrof haqida
Marosimlardagi isrof haqida
Ota-onani yo‘qlab taom ulashib, ehson qilish
Nikoh to‘yi
Nikoh to‘yini qilish kimning zimmasida?
Marosimlar va ularning odoblari
Kiyimdagi isrof haqida
Turli maishiy isroflar
Xotima
⌂ Xurmatli kitobxon, «Isrof» kitobi do’konimizda mavjud. Buyurtma berishga shoshiling.
Murojaat uchun tel: 010-3046-1919
https://t.me/hilolnashrkorea

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFHAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBIBIRINCHI BOSQICH va TO'QQIZINC...
03/04/2017

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF
HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI
BIRINCHI BOSQICH va TO'QQIZINCHI KITOB
«Ijtimoiy Odoblar»

Muhtaram o‘quvchilarimiz! Sizlar bilan ushbu satrlar orqali
Islom dinidagi ijtimoiy odoblar borasida suhbat yuritish niyatidamiz. Alloh
taolodan ishimizning oson ko‘chishida yordam so‘ragan holda buning barchamizga foydali bo‘lishini tilab duolar ham qilamiz.

Alloh taolo O‘zining oxirgi dini Islomni mukammal qilgani, bandalariga bergan
ne’matini batamom etgani, uni bandalariga qiyomat qoim bo‘lgunicha din deb rozi bo‘lgani siz bilan bizga ikki dunyoning baxti-saodatidir. Alloh taolo Moida
surasida marhamat qiladi: «Bugungi k***a sizga diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim» (3-oyat).

Dinning mukammal qilingani, ne’matning batamom etib berilgani va Islomni din
deb rozi bo‘lingani to‘g‘risidagi xabar faqat o‘sha zamon musulmonlari yoki
umuman, musulmon ummati uchungina emas, balki butun insoniyat uchun katta sharaf va bashorat edi. Bu ulkan xursandchilik xabari insoniyatning uzoq tarixi davomida saodat izlab qilgan harakat va urinishlariga toj kiydirib, go‘zal
natijalar bergan edi. [Hilol Nashr web sahifasidan]

⌂ Xurmatli kitobxon, «Ijtimoiy Odoblar» kitobi do’konimizda mavjud. Buyurtma berishga shoshiling.

Murojaat uchun
tel: 010-3046-1919

https://t.me/hilolnashrkorea

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFHAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBIBIRINCHI BOSQICH va SAKKIZINCH...
01/04/2017

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF
HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI
BIRINCHI BOSQICH va SAKKIZINCHI KITOB

«Yolg’on»

MUQADDIMA

⃝ Bandalarini yolg‘ondan qaytargan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin!
Ummatlariga yolg‘on nimaligini batafsil tushuntirib, unga yo‘l qo‘ymaslik qanday amalga oshirilishini ko‘rsatib bergan mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin!
Ilohiy ta’limotlar butun borliqni yaratgan va unda insonni O‘z xalifasi qilib qo‘ygan, hamma narsani biluvchi, mutlaq adolat egasi bo‘lgan Alloh taolo tomonidan nozil qilingandir.
Alloh barcha narsani, shu jumladan, O‘zi yaratgan borliqda yashayotgan insonga nima munosib keladi-yu, nima munosib kelmaydi – daqiq-daqiqlarigacha yaxshi biladi. Shuning uchun ham Alloh taolo tomonidan joriy qilingan ta’limotlar shomil va komildir.
Ilohiy-diniy ta’limotlar sodir etilgan biron-bir jinoyat insonga ma’lum bo‘lmay qolganida ham, olamlarning Robbi – buyuk Alloh bandalarning eng nozik ishlarini ham bilib turishini, qilingan zarracha jinoyatining jazosini bu dunyoda bo‘lmasa ham, u dunyoda albatta olishini qattiq ta’kidlaydi.
Islomiy tushunchalarga ko‘ra, ma’naviy jinoyatlar moddiy jinoyatlarga nisbatan yanada xatarliroq bo‘ladi. Yana bir bor ta’kidlaymizki, aynan ma’naviy jinoyatlar moddiy jinoyatlarning sodir bo‘lishiga sababchidir.
Islom ta’limotlariga ko‘ra, balog‘atga yetgan har bir insonning barcha ma’naviy jinoyatlari, jumladan, zarracha yolg‘oni ham jazosiz qolmaydi. Har bir yolg‘oni nomai a’moliga yozib boriladi va ular uchun qiyomat kuni jazosini albatta oladi. Yolg‘onchi Allohning dushmani hisoblanadi va qiyomatda eng og‘ir azoblar ila jazolanadi.
Umuman olganda, ozgina bo‘lsa-da, Allohga iymoni mavjud, qiyomatdan umidi bor insonlardan tashkil topgan jamiyatda zarracha yolg‘onga o‘rin qolmaydi.
Shuningdek, bunday jamiyatning kattayu kichik, erkagu ayol, fuqaroyu ulamo, kambag‘alu amaldorlari ham hech qachon yolg‘on gapirmaslikka harakat qiladilar.
Yolg‘on – faqat yolg‘onchining shaxsiga emas yoki yolg‘ondan bevosita zarar topuvchigagina emas, balki butun jamiyatga, insoniyatga zarar yetkazadigan katta ma’naviy jinoyatdir. Shuning uchun ham Islomda bu razolatga nisbatan o‘ta murosasiz munosabatda bo‘lingan va unga hech yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilingan.
Kelgusi ojizona satrlarda ushbu razil ma’naviy jinoyat – yolg‘on haqida qo‘ldan kelganicha so‘z yuritish niyatidamiz. Maqsad, xalqimiz ichida ushbu ofat haqidagi tushunchani oydinlashtirish, uning tahlikali oqibatlaridan jamiyatimizni poklash va yaxshilikning ko‘payishiga hissa qo‘shishdir.
⌂ Xurmatli kitobxon, «Yolg’on» do’konimizda mavjud. Buyurtma berishga shoshiling.
Murojaat uchun tel: 010-3046-1919
https://t.me/hilolnashrkorea

Address

ITAEWON
Seoul

Telephone

+821028002919

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when HILOL NASHR KOREA posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category