14/05/2026
📚 Olimlar bilan suhbatdosh bo‘ling
👑Xalifa Hishom ibn Abdulmalik bir kuni ulamolardan birini huzuriga chorlaydi. Olim xalifa huzuriga kirib kelar ekan, oddiygina: “Assalomu alaykum, ey Hishom!” deb salom beradi va kavushini yechib, xalifaning yoniga kelib o‘tiradi.
😏Bundan g’azablangan xalifa uni qatl qildirmoqchi bo’ladi, biroq suhbat asnosida uning buyuk olim ekanini anglab, so’roqqa tutadi: “Nima uchun ismimni aytdingiz? Xalifaligimni yoki kunyamni aytishingiz kerak edi. Kavushingizni yechib, mening yonimga o‘tirib oldingiz, nima uchun bunday qildingiz?!”.
📌Olimning javobi esa haqiqiy hikmat edi:
⭐️Ism haqida: “Sizning xalifa ekanligingizni aytmaganimning boisi shuki, odamlarning hammasi ham sizni saylamagan. Ismingizni aytdim, chunki Alloh taolo payg’ambarlarini ‘Ey Iyso’, ‘Ey Ibrohim’ deya ismlari bilan aytgan. Dushmanini esa kunyasi bilan atagan: ‘Abu Lahabning qo’li qurisin’.
🤩 Kavush haqida: “Men Allohning baytiga (masjidga) kirayotganimda kavushimni yechib qo’yaman. Alloh hech bunga g’azab qilmaydi, shunga sizning oldingizda ham kavushimni yechib kirdim”.
🪑Yoniga o’tirish haqida: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: ‘Kim odamlarning tik turib, unga qulluq qilishini xohlasa, jahannamdan joyini hozirlayversin!’ deganlarini bilaman. Sizga jahannamni ravo ko‘rmadim”.
💸 Xalifa bu so’zlardan so’ng olimni mukofotlamoqchi bo’ladi, ammo olim buni ham rad etib chiqib ketadi.
🔔Ushbu rivoyatda biz uchun bir nechta muhim dars bor:
1. ✔️Haqiqiy ilm egilmaydi: Olim kishi dunyo matohi yoki amr egasidan qo’rqib o’zligini yo’qotmasligi, haqiqatni chiroyli va mantiqli tarzda yetkaza olishi kerak.
2. ✔️Kibrdan saqlanish: Xalifaning yoniga o’tirish orqali olim unga eng katta yaxshilikni — kibr va do’zax olovidan uzoqlashishni eslatmoqda.
3. ✔️Haqiqiy hurmat: Hurmat bu soxta unvonlar yoki tik turib qulluq qilishda emas, balki samimiyat va to’g’ri so’zda ekanligi yoritilgan.
Bu kabi suhbatlar insonga nafaqat ilm, balki yuksak odob va jasorat baxsh etadi.
❓Sizningcha, bugungi k***a olim va rahbar o’rtasidagi muloqot qanday bo’lishi kerak?
📖Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar
✍️Hasson Shamsiy Posho
💵Narxi: 119.000so’m